OMMAVIY OFERTA

(KREDITOMAT 24 mobil ilovasidan foydalanish to'g'risida)

Toshkent sh.

Mazkur hujjat kelgusida «MIKROMOLIYA TASHKILOTI (qisqartmada MMT) deb ataluvchi «KREDITOMAT TASHKENT MIKROMOLIYA TASHKILOTI» MCHJ XKning kelgusida "Mijoz" deb ataluvchi har qanday muomalaga layoqatli jismoniy shaxs nomiga O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367-moddasi, 369-moddasi 2-qismi va 370-moddasiga muvofiq «KREDITOMAT 24» mobil ilovasi (keyingi o'rinlarda "Shartnoma" deb ataladi) foydalanish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida shartnoma tuzish to'g'risidagi rasmiy taklifi (Ommaviy oferta) hisoblanadi.

Mijozning ushbu Ofertada nazarda tutilgan harakatlarni bajarishi uning quyida keltirilgan shartlarga so'zsiz roziligini bildiradi (Ofertani qabul qilish). Oferta qabul qilingan vaqtdan boshlab Shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

Shartnomada to'g'ridan-to'g'ri nazarda tutilmagan barcha holatlarda tomonlar O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, elektron hujjat aylanishi to'g'risidagi qonunchilik va ish muomalasi odatlariga amal qiladilar.

1. ATAMALAR VA TA'RIFLAR

Mobil ilova — AppStore va PlayMarket do'konlarida «KREDITOMAT 24» nomi bilan mavjud bo'lgan ilova, "KREDITOMAT TASHKENT MIKROMOLIYA TASHKILOTI" IP MChJ va/yoki "SMARTAPP" MChJ tomonidan ishlab chiqilgan va taqdim etilgan dasturiy ta'minot bo'lib, jismoniy shaxslarga masofaviy tartibda MMT xizmatlarini ko'rsatishga mo'ljallangan.

MMT — Mobil ilova orqali Mijozga xizmatlar va mahsulotlardan foydalanish imkoniyatini beruvchi "KREDITOMAT TASHKENT MIKROMOLIYA TASHKILOTI" IP MChJ.

Mijoz — mazkur Ommaviy ofertani qabul qilish orqali MMT bilan Shartnoma tuzgan muomalaga layoqatli jismoniy shaxs.

Aksept — Mijoz tomonidan Mobil ilovada ro'yxatdan o'tish harakatlarini amalga oshirish orqali mazkur Oferta shartlarini to'liq va so'zsiz qabul qilinishi.

Shaxsiy ma'lumotlar — muayyan yoki ushbu ma'lumotlar asosida aniqlanishi mumkin bo'lgan jismoniy shaxsga (shaxsiy ma'lumotlar subyektiga) tegishli har qanday ma'lumot.

Ommaviy oferta — Mobil ilovada va MMTning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan mazkur hujjat.

2. SHARTNOMA PREDMETI

2.1. MMT Mijozga MMT xizmatlari haqida ma'lumot olish, mikrokreditlar uchun arizalar rasmiylashtirish, faol xizmatlarni boshqarish va Ilovaning funksional imkoniyatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish uchun Mobil ilovadan foydalanish imkoniyatini beradi.

2.2. Mobil ilovadan foydalanish bepul, agar Tomonlar o'rtasidagi alohida kelishuvlarda yoki aniq mahsulotlar uchun tariflarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa.

3. ILOVADAN FOYDALANISH TARTIBI VA SHARTLARI

3.1. Mobil ilovadan foydalanishni boshlash uchun Mijoz Ilovani o'zining mobil qurilmasiga yuklab oladi va o'rnatadi.

3.2. Ilovaning barcha funksiyalaridan foydalanish faqat MMTning ichki qoidalari va qonunchilik talablariga muvofiq ro'yxatdan o'tish va identifikatsiyadan o'tish tartib-taomillari bajarilgandan so'ng amalga oshiriladi.

3.3. Mijoz ro'yxatdan o'tish va Ilovadan foydalanishda to'g'ri va dolzarb ma'lumotlarni taqdim etish majburiyatini oladi.

4. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

4.1. Mijoz Ilovaning funksional imkoniyatlaridan uning maqsadiga muvofiq foydalanish huquqiga ega.

4.2. Mijoz o'zining mobil qurilmasi xavfsizligini ta'minlashi va kirish ma'lumotlarini (PIN-kod va boshqalar) uchinchi shaxslarga bermasligi shart.

4.3. MMT Ilova funksiyalariga o'zgartirishlar kiritish, texnik ishlar o'tkazish, Mijoz tomonidan Shartnoma shartlari buzilgan taqdirda kirishni to'xtatib qo'yish huquqiga ega.

5. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

5.1. MMT uchinchi shaxslarning Mijozning mobil qurilmasiga ruxsatsiz kirishi yoki Mijozning aybi bilan kirish ma'lumotlarining oshkor bo'lishi natijasida yetkazilgan zararlar uchun javobgar emas.

5.2. Tomonlar majburiyatlarni bajarmaganliklari uchun O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo'ladilar.

6. MAXFIYLIK

6.1. Mijozning shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash Maxfiylik siyosati va O'zbekiston Respublikasining "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.

7. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI

7.1. Barcha nizolar va kelishmovchiliklar muzokaralar yo'li bilan hal qilinadi. Kelishuvga erishilmagan taqdirda, nizolar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq MMT joylashgan erdagi sudda ko'rib chiqilishi kerak.

8. SHARTNOMAGA O'ZGARTIRISH KIRITISH VA UNI BEKOR QILISH TARTIBI

8.1. MMT mazkur Ofertani bir tomonlama tartibda o'zgartirish huquqiga ega. Yangi tahrir Ilovada yoki MMT veb-saytida e'lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

9. BOSHQA SHARTLAR

9.1. Mazkur Ommaviy ofertada nazarda tutilmagan barcha holatlar O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

9.2. O'zbekiston Respublikasining "Axborotlashtirish to'g'risida" va "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi qonunlariga muvofiq, ushbu bilan Mijoz shaxsiy ma'lumotlar to'g'risidagi axborotni, shuningdek, o'z majburiyatlarini bajarish uchun MMTga zarur bo'lgan boshqa qonun bilan qo'riqlanadigan sirni uchinchi shaxslarga erkin ravishda, o'z xohishiga ko'ra va o'z manfaatlarini ko'zlab taqdim etishga MMTga rozilik beradi.

9.3. Tomonlar elektron shakldagi hujjatlarni, shu jumladan Ilovalar vositasida to'ldiriladigan va tuziladigan hujjatlarni oddiy yozma shaklda tuzilgan hujjatlar sifatida tan olishga kelishib oldilar.

9.4. Agar ushbu Ommaviy ofertaning biror-bir sharti O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq noqonuniy va/yoki haqiqiy emas deb topilsa, Ommaviy ofertaning bunday shartlari Tomonlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarda qo'llanilmaydi va Ommaviy ofertada mavjud bo'lgan asl maqsadlarga maksimal darajada javob beradigan yangi shartlar bilan almashtiriladi. Ommaviy ofertaning qolgan qoidalari to'liq yuridik kuchini saqlab qoladi.

9.5. Mazkur Ofertani akseptlash orqali Mijoz Shartnomaning barcha shartlariga so'zsiz roziligini tasdiqlaydi va uni bajarish majburiyatini oladi.

10. MMT REKVIZITLARI

Manzil: 100000, Toshkent sh., Mirobod tumani, Yaqub Kolas ko'chasi 4-54
STIR: 306 870 963
MMT: 00974
Rasmiy veb-sayt: www.kreditomat24.uz