Shaxsiy 'lumotlarni qayta ishlashga rozilik

O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi "Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risidagi O'RQ-547-son Qonuniga muvofiq, "KREDITOMAT TASHKENT MIKROMOLIYA TASHKILOTI" MCHJ XK Mikromoliya tashkilotiga (keyingi o'rinlarda - MMT) (ro'yxatdan o'tgan manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Yakub Kolas ko'chasi, 4-54) o'z shaxsiy ma'lumotlarimni avtomatlashtirilgan usulda, shuningdek avtomatlashtirish vositalaridan foydalanmagan holda qayta ishlashga rozilik beraman.

Mazkur rozilik shaxsiy ma'lumotlarimni to'plash, yozib olish, tizimlashtirish, jamlash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o'zgartirish, to'ldirish), olish, foydalanish, uchinchi shaxslarga, shu jumladan xorijiy davlatlar hududiga uzatish, tarqatish, MMTning internet tarmog'idagi rasmiy veb-saytlari sahifalarida ochiq joylashtirish, egasizlantirish va yo'q qilishni o'z ichiga oladi.

Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:

Mazkur rozilik berilayotgan shaxsiy ma'lumotlarim quyidagilarni o'z ichiga oladi va/yoki oʻz ichiga olishi mumkin:

Mazkur rozilik muddatsiz ravishda, u bekor qilingunga qadar amal qiladi.

MMT shartnomalar amal qilish muddati tugaganidan keyin ham, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida va boshqa qo'llaniladigan qonunchilikda nazarda tutilgan muddatlar davomida, har qanday holatda ham shaxsiy ma'lumotlar qayta ishlanayotgan maqsadга erishilgunga qadar shaxsiy ma'lumotlarimni qayta ishlashni davom ettirishga haqli.

Men mazkur rozilikda ko'rsatilgan shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga bergan roziligimni MMTga erkin shakldagi ariza taqdim etish orqali bekor qilishim mumkinligi haqida xabardorman.