Mikroqarz shartnomasi № «Property:ContractNumber»

Toshkent sh. «Property:ContractDate»

Kelgusida «Mikromoliya tashkiloti» deb nomlanuvchi «KREDITOMAT TOSHKENT MIKROMOLIYA TASHKILOTI» MChJ XK nomidan, Ustav hamda 16.01.2020-yildagi 74-sonli Litsenziya asosida ish yurituvchi director Otakulov A.O, bir tomondan va kelgusida «Qarz oluvchi» deb nomlanuvchi, o‘z manfaati va foydasi yo‘lida ish tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi «Property:Client.ShortName» (pasport seriyasi «Series» «Number», «RegistrationDate»da «RegistrationPlace» tomonidan berilgan), ikkinchi tomondan, (kelgusida birgalikda «Tomonlar» va aloxida «Tomon» deb nomlanadilar), ushbu Mikroqarz shartnomasini (kelgusida «Shartnoma» deb nomlanadi) quyidagilar to’g‘risida tuzdilar:

1. SHARTNOMA MAVZUSI

1.1. Qarz oluvchining «Property:ContractDate» dagi qarz (keyingi matnlarda «Mikroqarz» deb nomlanadi) olish to‘g‘risidagi arizasiga binoan, Mikromoliya tashkiloti Qarz oluvchiga umumiy miqdorda «Property:Amount» («Property:AmountByWords») so‘m mablag‘ni Qarz oluvchining plastik kartasiga pul o‘tkazish yo‘li bilan yoki naqd pul shaklida, «Property:StartDate» dan «Property:EndDate»gacha muddatga mikroqarz taqdim etadi.

1.2. Mikroqarz Qarz oluvchiga quyidagi tamoyillar bajarilishi sharti asosida beriladi: to‘lovlilik, qaytarilishlik va muddatlilik.

1.3. Mikroqarzning maksimal muddati berilgan kundan e'tiboran, 20 (yigirma) kalendar kunini tashkil qiladi.

1.4. Mikroqarz faqat 18 yoshdan katta bo‘lgan shaxslarga beriladi.

1.5. Qarz oluvchi shu bilan Mikromoliya tashkiloti ga uning nomiga chiqarilgan Uzcard va/yoki Humo plastik kartochkalaridan mikrokredit va/yoki undan foydalanganlik uchun foizlarni toʻlash uchun mablagʻlarni, shuningdek penyalarni toʻgʻridan-toʻgʻri yechib olishga rozilik beradi va bu huquqni beradi. Ushbu Bitimning 2-moddasi.

2. MIKROQARZNI BERISH VA UNI QAYTARISH TARTIBI

2.1. Mikroqarz ushbu Shartnomaning 1.1-bandida ko'rsatilgan miqdor chegaralarida naqd pulsiz (qarz oluvchining plastik kartasiga mablag 'o'tkazish yo'li bilan) yoki Mikromoliya tashkiloti kassasida naqd pul shaklida beriladi.

2.2. Mikroqarzni berish ushbu Shartnoma tuzilganidan va/yoki, zarur bo'lgan hollarda, Qarz oluvchi tomonidan kafolat / ta’minot taqdim etilganidan keyin kechi bilan 10 (o’n) bank kunida amalga oshiriladi.

2.3. Mikroqarz qarz oluvchi tomonidan ushbu Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadigan 1-sonli Ilovasidagi Qaytarib berish grafigida (keyingi matnlarda “So‘ndirish grafigi” deb nomlanadi) belgilangan miqdor, tartib va muddatlarda qaytariladi.

2.4. Mikromoliya tashkiloti, foizlarni, mikroqarz aslida berilgan paytdan boshlab, butun olingan pul miqdoriga, to uni so’ndirish kunigacha, kuniga 0,3 foiz hisobida yoki yillik foiz, bir yilda 365 kun, biroq bu miqdor bir yil uchun umumiy qarz miqdorining 50 (ellik) foizidan oshib ketmasligi lozim.

2.5. Mikroqarzni so‘ndirish muddati yoki asosiy qarz bo'yicha navbatdagi to'lov muddati va / yoki So‘ndirish grafigi bo‘yicha mikroqarzdan foydalanganlik uchun foizlarni to'lash muddati buzilgan holda, foiz stavkasining miqdori, jarimalar va boshqa javobgarlik choralarini hisobga olgan holda, har bir kechiktirilgan kalendar kuni uchun 2,5 % (ikki butun o`ndan besh) foizgacha oshiriladi, biroq bu miqdor bir yil uchun umumiy qarz miqdorining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim.

2.6. Foizlarni to'lash So‘ndirish grafigi bo'yicha asosiy qarzni to'lash uchun belgilangan sanada amalga oshiriladi.

2.7. Qarz oluvchining olingan mikroqarzni qaytarish va undan foydalanganlik uchun foizlarni to‘lash bo'yicha muddati o'tgan qarzdorligi yuzaga kelgan taqdirda, Qarz oluvchi tomonidan ko'rsatilgan qarzni so‘ndirish hisobiga to'lanadigan pul qiymatlari quyidagi tartibda hisoblanadi:
- jarimalarni to'lash;
- muddati o'tgan foizlarni to'lash;
- muddati o'tgan asosiy qarzni to'lash;
- muddatli qarzga hisoblangan foizlarni to'lash;
- muddatli asosiy qarzni to'lash;

2.8. Qarz oluvchi Mikromoliya tashkiloti ning mikroqarz bo‘yicha asosiy qarz qiymatini, hisoblangan foizlar, jarimalar hamda boshqa moliyaviy talablarini naqd pulda va naqd pulsiz shaklida to'laydi. Mablag’lar naqd pulsiz yoki to‘lov tizimi orqali qaytarilgan taqdirda, Mikromoliya tashkiloti ning hisob-kitob varag'iga mablag’ kelib tushgan sana so‘ndirish sanasi hisoblanadi va bu xizmat ko‘rsatuvchi bank ko‘chirmasi bilan tasdiqlanadi. Mablag‘lar naqd pulda to‘langanda esa, pul mablag‘larining Mikromoliya tashkiloti kassasiga to‘langan sana so‘ndirish sanasi hisoblanadi va bu Qarz oluvchiga berilgan kirim orderining sanasi bilan tasdiqlanadi.

2.8.1 "Qarz oluvchi" "Mikromoliya tashkiloti" oldidagi qarzni to'lash uchun mablag'larni O'zbekiston Respublikasining tijorat banklarida ochilgan barcha bank kartalaridan yechib olishga so'zsiz huquq va rozilik beradi. Ushbu shartnomani imzolash - "qarz oluvchi" nomiga ochilgan barcha bank kartalaridan mablag'larni yechib olish uchun tijorat banklariga to'lov topshirig'i deb hisoblanadi.

2.9. Qarz oluvchi tomonidan mablag'lar olingan sana Mikroqarz berilgan sana hisoblanadi va bu Mikromoliya tashkilotining mablag'lar o'tkazilganligi to‘g‘risidagi xizmat ko‘rsatuvchi bankning belgisi qo‘yilgan to'lov topshirig'i bilan tasdiqlanadi yoki Mikromoliya tashkilotining o'z imzosi ostidagi mablag'larning Qarz oluvchiga berilganligi to‘g‘risidagi chiqim orderi bilan tasdiqlanadi.

3. MIKROMOLIYA TASHKILOTINING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

3.1. Mikromoliya tashkilotining majburiyatlari:

3.1.1. Qarz oluvchiga mazkur Shartnoma imzolangan kundan boshlab, kechi bilan 10 (o’n) bank kuni ichida mikroqarz berish.

3.1.2. Berilgan mikroqarz bo'yicha foizlarni hisoblash.

3.1.3. Besh (5) kalendar kuni ichida Qarz oluvchiga, yozma ravishda, mazkur shartnomadagi huquqlar yangi qarz beruvchiga (kreditorga) o'tganligi to'g'risida xabar berish.

3.2. Mikromoliya tashkilotining huquqlari:

3.2.1. Qarz oluvchiga mikroqarzni to'liq yoki qisman taqdim etishni rad etish.

3.2.2. Qarz oluvchi tomonidan bir tomonlama tartibda mazkur Shartnomani tugatish va olingan mikroqarzni muddatidan ilgari qaytarib berishni talab qilish va shuningdek, garov ta’minoti mavjud bo‘lganda, unga nisbatan undirishni quyidagi hollarda talab qilish:
a) ta'minlanmagan va / yoki muddati o'tgan qarzning va / yoki to'lanmagan foizlarning hosil bo‘lishi;
b) Qarz oluvchini qonunda belgilangan tartibda to‘lovga layoqatsiz, muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga cheklangan ravishda layoqatli deb e’lon qilish;
c) Qarz oluvchining unga mikroqarz berish to'g'risida ijobiy qaror qabul qilinishi uchun o'z daromadi to'g'risida noto'g'ri (yolg'on) va / yoki to'liq bo'lmagan ma'lumotlarni yoki muhim darajaga ega bo‘lgan boshqa ma'lumotlarni taqdim etganda;
d) Qarz oluvchi tomonidan garov ta'minoti o'z vaqtida taqdim etilmaganda va / или rasmiylashtirilmaganda;
e) Qarz oluvchi ushbu Shartnomaning shartlariga rioya qilmaganda.

3.2.3. Mikroqarz taqdim etish to'g'risida qaror qabul qilingan sanada ham, ushbu Shartnomaning amal qilish muddati davomida ham, Qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarni va / yoki uning moliyaviy ahvolini tekshirib borish.

3.2.4. Qarz oluvchi yoki uchinchi shaxs tomonidan ushbu Shartnoma bo'yicha majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida taqdim etilgan garov ta’minotining holati va / yoki foydalanilishining monitoringini/ tekshiruvini amalga oshirish.

3.2.5. Garov ta’minotining holati yomonlashgan taqdirda, yoki uning haqiqiy (bozor) qiymati kamayib, ushbu Shartnoma bo'yicha Mikromoliya tashkilotining moliyaviy talablarini qoplashga qodir bo'lmay qolganda, shuningdek, kafilning moliyaviy ahvoli yomonlashub, ushbu Shartnoma yuzasidan kelib chiqqan o‘z majburiyatlari bo‘yicha javob bera olmay qolganda, Qarz oluvchidan qo'shimcha ta’minotni yoki uning almashtirilishini talab qilish.

3.2.6. Amaldagi qonunchilikka muvofiq va shuningdek, Qarz oluvchining ushbu Shartnomaning mohiyati va ma’nosidan kelib chiqadigan ixtiyoriy roziligi asosida, Qarz oluvchi asosiy qarz, foizlar, jarimalar va boshqa pul shaklidagi majburiyatlarni o'z vaqtida to'lamagan taqdirda, Qarz oluvchining bank hisob-varaqlaridan mablag'larni aktseptsiz yechib olish to‘g‘risida to'lov talabnomasini jo‘natish va bunga Qarz oluvchi so'zsiz va bo‘yin tovlamasdan rozilik beradi.

3.2.7. Mikromoliya tashkiloti tomonidan ushbu Shartnoma doirasida o'z majburiyatlarini bajarishi uchun zarur bo'lgan barcha ma'lumotlarni va boshqa zarur ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga berish / taqdim etish.

3.2.8. Istalgan vaqtda Qarz oluvchining oldindan roziligisiz ushbu Shartnoma bo'yicha talab qilish huquqini boshqa shaxsga o'tkazish yoki topshirish.

3.2.9. Qarz oluvchidan olingan shaxsiy ma’lumotlardan foydalanilgan holda, har qanday mumkin usulda, axborot bildirishnomalarini jo’natish.

4. QARZ OLUVCHINING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

4.1. Qarz oluvchining majburiyatlari quyidagilardan iborat:

4.1.1. Mikromoliya tashkiloti ning birinchi talabi bo‘yicha, ushbu Shartnomaning butun amal qilish muddati davomida, barcha kerakli hujjatlarni, shuningdek uning moliyaviy ahvoliga va to'lash qobiliyatiga oid ma'lumotlarni taqdim etish.

4.1.2. Mikromoliya tashkiloti ga Qarz oluvchi tomonidan ushbu shartnoma imzolanayotgan paytda taqdim etilgan ma’lumot va hujjatlardagi (pochta va bank rekvizitlari, haqiqiy yashash/ro‘yxatdan o‘tish manzilidagi) o‘zgarishlar to‘g‘risida, shu o‘zgarishlar sodir bo‘lgan sanadan boshlab, 3(uch) ish kuni mobaynida axborot taqdim etish.

4.1.3. Ushbu Shartnomada ko‘zda tutilgan hollarda, Mikromoliya tashkiloti ning ta’minotni almashtirish yoki uning qo'shimcha ko‘rinishini taqdim etish bo‘yicha talabini bajarish.

4.1.4. Mikromoliya tashkiloti vakillariga Qarz oluvchining moliyaviy holatini, yashash joyini, garov ta'minotining butligini tekshirish, shuningdek, Qarz oluvchining mikroqarz hisobiga sotib olingan har qanday ob'ektiga borib, har qanday bino, inshootlarini, mol-mulkini, asbob-uskunalarini, tovar va xizmatlarni, va shuningdek, ularga tegishli hujjatlarni ko‘rib chiqish huquqini taqdim etish.

4.1.5. Mikroqarzni va shuningdek, mikroqarz bo‘yicha foizlarni qat’iy ravishda “So‘ndirish grafigi”ga muvofiq ravishda to'lab borish.

4.1.6. Uning moliyaviy ahvolining yomonlashishiga va / yoki ushbu Shartnomaga muvofiq, Mikromoliya tashkiloti oldidagi majburiyatlarining bajarilmasligi va / yoki lozim darajada bajarilmaslik xavfi paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin bo'lgan har qanday majburiyatlarni o'z zimmasiga olmaslik.

4.1.7. Quyidagi hollarda Mikromoliya tashkiloti ning birinchi talabi bo‘yicha mikroqarzning qaytarilishini ta’minlovchi qo'shimcha ta'minotni taqdim etish:
- moliyaviy ahvolning yomonlashishi;
- garov ta’minotining yo'q bo‘lishi, qiymatining kamayib ketishi, garov ta’minotining qisman yoki butunlay yo‘qolishi;
- mikroqarzning qaytarilmaslik xavfini oshiradigan boshqa omillarning paydo bo'lishi.

4.1.8. Mikromoliya tashkiloti tomonidan ushbu Shartnoma muddatidan ilgari bekor qilinganda yoki tashkilotdan mikroqarzning butun qiymatini muddatidan ilgari qaytarib berish to'g'risida talabnoma kelib tushganda, mikroqarz miqdorini, shujumladan, hisoblangan foizlarni to‘lab berish.

4.1.9. Qarz oluvchi - jismoniy shaxs, sud qarori asosida muomalaga layoqatsiz, qisman muomalaga layoqatsiz yoki to‘lovga layoqatsiz (bankrot) deb tan olinganda, uning vasiysi yoki sud boshqaruvchisi mikroqarzdan foydalanganilgan butun muddat uchun Mikromoliya tashkiloti oldidagi barcha mavjud bo‘lgan qarzdorligini zudlik bilan to'lashi shart.

4.2. Qarz oluvchining huquqlari:

4.2.1. Mazkur Shartnomada ko‘zda tutilgan shartlar va muddatlarda mikroqarz olish.

4.2.2. O'z huquq va majburiyatlari, shu jumladan, mikroqarz olish va undan foydalanish bilan bog'liq bo‘lgan barcha xarajatlar to'g'risida ishonchli va to'liq axborot olish.

4.2.3. Mikromoliya tashkilotini oldindan ogohlantirish sharti bilan, olingan mikroqarzning butun qiymatini, undan amalda foydalanilgan davr uchun hisoblangan foizlarni hisobga olgan holda, qaytarib berish.

4.2.4. Mikroqarzning asosiy qiymatini, hisoblangan foizlarni, jarima yoki Mikromoliya tashkiloti ning mazkur Shartnoma bo‘yicha boshqa moliyaviy talablarini naqd pul shaklida yoki naqd pulsiz ravishda “So‘ndirish grafigi”ga binoan yoki muddatidan ilgari to‘lash.

5. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

5.1. Mikromoliya tashkiloti mikroqarzni taqdim etish bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarmagan va / yoki lozim darajada bajarmagan holda, Mikromoliya tashkiloti qarz oluvchiga har bir muddati o'tgan kalendar kuni uchun muddati o'tgan to'lov miqdorining 0,3 foizi miqdorda jarima to'lash majburiyatini oladi, biroq uning miqdori mazkur shartnomaning 1.1. bandida ko‘rsatilgan mikroqarzning umumiy miqdorining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim.

5.2. Qarz oluvchi olingan mikroqarzni o'z vaqtida qaytarish bo'yicha majburiyatlarini bajarmagan va / yoki lozim darajada bajarmagan hollarda, Qarz oluvchi Mikromoliya tashkiloti ga har bir muddati o'tgan kalendar kuni uchun mikroqarzning umumiy miqdorining 2,5 foizi miqdorda jarima to'lash majburiyatini oladi, biroq uning miqdori mikroqarzning bir yil uchun umumiy miqdorining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim.

5.3. Qarz oluvchi mazkur Shartnoma doirasida o'ziga olgan majburiyatlarni bajarmaganligi sababli, Mikromoliya tashkiloti bilan Shartnoma muddatidan ilgari bekor qilingan taqdirda, Mikromoliya tashkiloti Qarz oluvchidan kechiktirilgan har bir kun uchun mikroqarzning umumiy miqdorining 1,5 foiz miqdorida jarima undirishi mumkin, biroq bu jarima miqdori, qarzdorlikni o‘z vaqtida so‘ndirmaganlik uchun hisoblangan penyadan qat’iy nazar, qarzdorlikning umumiy qiymatining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim.

5.4. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksining 325-moddasiga muvofiq, Mikromoliya tashkiloti ushbu Shartnomada ko'zda tutilgan penya, jarimalar va neustoykalardan tashqari, Qarz oluvchidan ko‘rilgan zararlarni to‘la hajmda undirib olishga haqlidir.

5.5. Mikromoliya tashkiloti tomonidan Qarz oluvchiga nisbatan qo'llaniladigan foizlar, komissiya to'lovlari, jarimalar, penyalar va boshqa javobgarlik choralarining umumiy miqdori bir yil uchun qarzdorlik miqdorining yarmidan oshib ketmasligi lozim.

5.6. Penya yoki jarimalarning to‘lanishi ushbu Shartnoma Tomonlarini ularning o'z zimmalariga olgan majburiyatlardan ozod etmaydi.

5.7. Mikromoliya tashkiloti sudga murojaat qilganidan so‘ng, Qarz oluvchining mikroqarz bo'yicha muddati o'tgan qarzdorligini so‘ndirishi Mikromoliya tashkilotini har qanday jarimani undirib olish huquqidan mahrum qilmaydi, shu jumladan, undirishni garov ta’minotiga aylantirish yo‘li bilan ham amalga oshirishi mimkin.

5.8. Ushbu Shartnomada ko‘zda tutilmagan Tomonlar javobgarligi O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.

6. FAVQULODDA VAZIYATLAR

6.1. Shartnoma bo‘yicha shartlarni bajarayotganda o'z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan tomon, agar u o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarish favqulodda kuch (fors-major) tufayli, ya'ni muayyan davrda, muayan sharoitlarda favqulodda va yengib bo‘lmaydigan holatlar tufayli, mumkin bo‘lmay qolganini isbotlab bermasa, javob beradi. Mazkur Shartnoma Tomonlari favqulodda vaziyatlar deganda, quyidagilarni nazarda tutadilar: inson uchun normal hayot kechirish uchun to‘sqinlik qiladigan tabiiy ofatlar (zilzila, toshqin, chaqmoq chaqishi, sel, yer ko‘chishi, to‘fon va hok.), Shartnoma bo'yicha majburiyatlarni bajarish joyidagi harorat, shamol kuchi va yog'ingarchilik darajasi; hokimiyat va boshqaruv organlarining taqiqlari; qonunchilikda belgilangan tartibda uyushtirilgan norozilik namoyishlari va Shartnoma Tomonlari ularning o‘z majburiyatlarni lozim darajada bajarishlari uchun to‘sqinlik qiluvchi, yengib bo'lmaydigan kuch sifatida belgilanishi mumkin bo'lgan boshqa holatlar.

6.2. Fors-major holatlarning ta'siri ostiga tushib qolgan Tomon, bu haqda boshqa Tomonni, bunday holatlar ro'y bergan kundan boshlab, kechi bilan 7 (etti) kalendar kunida xabardor qilishi shart.

6.3. Fors-major holatlari vujudga kelganligi to'g'risidagi xabarnomani jo‘natmaslik, yoki o‘z vaqtida jo‘natmaslik, Tomonlarga Shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarish imkonsiz bo'lib qolganda, bu fors – major holatlarni vaj tariqasida keltirish huquqini bermaydi.

6.4. Fors-major holatlari to'g'risida vaj keltirish huquqidan mahrum bo'lgan tomon amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda javob beradi.

7. NIZOLARNI HAL QILISH

7.1. Ushbu Shartnoma yuzasidan yoki uni bajarish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan nizo va kelishmovchiliklar imkon qadar Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar yo'li bilan hal qilinadi.

7.2. Agar Tomonlar muzokaralar yo‘li bilan kelisha olmasalar, barcha nizolar da’vo tartibida ko'rib chiqiladi.

7.3. Ushbu Shartnoma bo'yicha da'volar Tomonlarning har biri tomonidan, ularni olgan kundan boshlab, 5 (besh) kalendar kun ichida ko'rib chiqilishi lozim.

7.4. Nizolar sudda ko'rilganda, Tomonlarning har qanday yozishmalari, jumladan: elektron pochta, messenjerlar, faksimile xabarlari orqali va hokazolarni Tomonlar yetarli dalillar sifatida tan oladilar.

7.5 Da’vo tartibida hal qilinmagan nizolar da’vogarning joylashgan manzilidagi fuqarolik va tumanlararo sudlarida yoki da’vogarning tanloviga ko`ra hakamlik sudiga hal qilish uchun jo`natiladi.

7.6 Berilgan mikroqarz bo`yicha Qarzdor tarafidan hosil bo`lgan qarzning undirilishi Mikromoliya tashkiloti tashabbusiga bilan notarius tomonidan berilgan notrial yozuv asosida amalga oshirilishi mumkin.

7.7 Mikrokerit tashkiloti Qarzdor tarafidan hosil bo`lgan qarzni O`zbekiston Respublikasi amaldagi qonunlariga muvofiq undirish uslublarini erkin tanlash huqiqiga egadir.

8. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI VA UNI BEKOR QILISH SHARTLARI

8.1. Ushbu Shartnoma Tomonlar imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi va Tomonlar ushbu Shartnoma bo'yicha o'z zimmalariga olgan majburiyatlarni to'liq bajarmaguncha, amal qiladi.

8.2. Tomonlar ushbu Shartnomada ko'zda tutilgan tartib va asoslarda o'zaro kelishuv bo‘yicha ushbu Shartnomani muddatidan ilgari bekor qilish huquqiga egalar.

8.3. Tomonlarning biri ushbu Shartnomani muddatidan ilgari bekor qilish to'g'risida boshqa Tomoniga xabar jo‘natgan holda, Tomonlar Solishtirish akti bo‘yicha tegishli xabarnoma yuborilgan kundan boshlab, barcha o‘zaro hisob-kitoblarni 10 (o'n) ish kuni ichida amalga oshirishi kerak, shundan so'nggina ushbu Shartnoma butunlay bekor qilingan, deb hisoblanadi.

8.4. Ushbu Shartnomaning amal qilishi muddatidan ilgari bekor qilingan holda, hisob-kitoblar taqdim etilgan xizmatlarning haqiqiy hajmidan kelib chiqqan holda, amalga oshiriladi.

8.5. Qarz oluvchi tomonidan majburiyatlarning bajarilishi sanasi bo‘lib, mikroqarzni to'liq to'lsh, hisoblangan foizlarning, penya va boshqa pul majburiyatlarining to'lanishi sanasi hisoblanadi.

9. SHAXSIY MA'LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH

9.1. Ushbu Shartnoma imzolanayotganda, Qarz oluvchi Mikromoliya tashkiloti ga, bekor qilib bo‘lmaslik sharti ostida, quyidagilarga rozilik beradi:
o‘zining shaxsiy ma'lumotlarini / axborotini:
- ishlash;
- saqlash;
- uzatish (ma’lumotlarni kredit byurosiga, garov reyestriga, skoring kompaniyasiga, uyali aloqa operatoriga, sug'urta kompaniyasiga, shuningdek, ushbu, Mikromoliya tashkilotidan olish huquqiga ega bo'lgan va ularsiz Mikromoliya tashkilotining majburiyatlarini bajarish mumkin bo’lmay qoladigan ma'lumotlarni boshqa davlat va nodavlat organlariga taqdim etish);
shu jumladan (biroq bu bilan cheklanib qolmagan holda) : To'liq ism-sharifi, Pasport ma'lumotlarini (pasport raqami, berilgan sanasi va joyi, ro'yxatdan o'tish manzili va hok.); aloqa qilish uchun ma'lumotlarni (telefon raqami, elektron pochta manzili, pochta manzili va hok.), STIR, shuningdek ushbu Shartnoma doirasida Mikromoliya tashkiloti tomonidan olingan boshqa ma'lumotlarni taqdim etish.

9.2. Rozilik, shu jumladan, shaxsiy ma'lumotlar bilan quyidagi harakatlarni amalga oshirish uchun ham beriladi: ma’lumotlarni yig'ish, tizimlashtirish, to'plash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o'zgartirish), ulardan foydalanish: ma’lumotlarni O'zbekiston Respublikasining qonunchiligida ko‘zda tutilgan hollarda va hajmlarda tarqatish, shu jumladan davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga taqdim etish, shaxssizlashtirish, blokirovka qilish, o‘chirish va yo‘q qilish.

10. MIKROQARZNI TA'MINLASH

10.1. Ushbu Shartnomaga binoan berilgan mikroqarz qo'shimcha ravishda ______________ ko‘rinishdagi ________ xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan Garov bilan ta'minlanadi (quyida matn bo‘yicha "Garov ta’minoti" deb ataladi).

10.2. Mikromoliya tashkiloti, Qarz oluvchi va _____________________ tomonidan imzolangan _________ dagi ________ sonli garov ta’minotining qiymatini kelishish Aktiga binoan, ushbu Shartnoma tomonlari garov ta’minotining qiymatini ______(____)so‘m miqdorda kelishib oldilar.

10.3. Garov ta’minoti uchun notarial ravishda rasmiylashtirilgan tegishli garov shartnomasi Qarz oluvchi tomonidan Mikromoliya tashkiloti ga mazkur Shartnoma bo'yicha mikroqarz taqdim etilishi sanasiga qadar 3 (uch) ish kunidan kechiktirmay taqdim etilishi lozim.

10.4. Belgilangan muddatda garov shartnomasi taqdim etilmagan taqdirda, Mikromoliya tashkiloti qarz oluvchining manziliga yozma xabarnoma jo‘natish yo‘li bilan mikroqarz berishni rad etish va / yoki mazkur shartnomani bir tomonlama tarzda bekor qilish huquqiga ega. Bu holda, Qarz oluvchi xabarnoma olgan paytdan boshlab, ushbu Shartnoma bekor qilingan deb hisoblanadi.

10.5. Qarz oluvchining asosiy qarz, foizlar, jarimalarni so‘ndirish bo‘yicha mazkur Shartnomada belgilangan muddatlar kechiktirilganda va / yoki mazkur Shartnoma bo'yicha boshqa moliyaviy majburiyatlarini bajarish muddatlari buzilganda, Mikromoliya tashkiloti O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, undirishni qat’iy ravishda garov ta’minotiga qaratish huququga ega.

10.6. Mikromoliya tashkiloti qarz oluvchidan garov ta’minotini turli xil havf-xatarlardan, mazkur shartnomaning butun amal qilish muddatiga, Mikromoliya tashkilotining foydasiga sug'urtalashni talab qilishga haqlidir. Bunda sug'urtalash bilan qamrab olinadigan xatarlar ro'yxati hamda sug'urta kompaniyasi Mikromoliya tashkiloti tomonidan belgilanadi. Sug'urta hodisasi ro‘y berganda, Mikromoliya tashkiloti foyda oluvchi bo‘ladi.

11. BOSHQA SHARTLAR

11.1. Mazkur Shartnoma bo'yicha har qanday qo'shimcha va o'zgartishlar, agar ular yozma ravishda rasmiylashtirilib, har ikki Tomonning vakolatli vakillari tomonidan imzolangan bo‘lsagina, amal qiladi.

11.2. Mazkur Shartnoma taraflari bir-birlarining xo‘jalik faoliyatlari uchun mas’uliyatli emaslar.

11.3. Mazkur Shartnoma shartlarining mazmuni va shakli Tomonlarning erishgan kelishuvlarini to'liq va aniq ifoda etadi. Mazkur Shartnoma imzolangan kundan boshlab, Tomonlarning ushbu Shartnoma shartlari bo'yicha ilgari o'tkazgan barcha og'zaki va yozma muzokaralari o'z kuchini yo'qotadi.

11.4. Ushbu Shartnoma Tomonlari, ularning shartnomaning imzolanishi paytiga o’z harakatlarini to‘la ravishda amalga oshirish qobiliyatliga egaliklariga, o'z harakatlarining mohiyati, mazmuni va ahamiyatini anglayotganliklariga kafolat beradilar. Shu bilan birga, Tomonlar, ushbu Shartnomani tuzish paytida bir tomon vakilining ikkinchi tomon vakiliga chalg‘itish, yolg‘onlik, zo‘ravonlik, tahdid, qasddan kelishuv faktlari hamda og‘ir vaziyatlar sodir bo'lmaganligini tasdiqlaydilar.

11.5. Mulk egasi qayta tashkil qilinganda, o‘zgarganda, uning yuridik manzili yoki boshqa rekvizitlari o‘zgarganda, Tomonlar, yuqorida bayon etilgan holatlar ro'y berganidan keyin 3 (uch) ish kunidan kechiktirmay, bir-birlarini yozma ravishda xabardor qilishlari shart.

11.6. Mazkur Shartnomaga barcha ilovalar uning ajralmas qismi hisoblanadi.

11.7. Agar ushbu Shartnomaning biron bir nizomi qonunga binoan amal qilmay qolsa, u mazkur shartnomadan chiqarib tashlangan deb hisoblanadi, mazkur Shartnomaning qolgan nizomlari esa o'z kuchi saqlab qoladi.

11.8. Tomonlar aloqaning elektron kanallari orqali qabul qilingan elektron hujjatlar va xabarnomalarni oddiy yozma ravishda bajarilgan hujjatlar va xabarnomalar kabi tan oladilar.

12. TOMONLARNING YURIDIK MANZILLARI VA REKVIZITLARI

Mikromoliya Tashkiloti:
«KREDITOMAT TASHKENT MIKROMOLIYA TASHKILOTI» MCHJ XK
Manzil: Toshkent sh., Mirobod t-ni, Yakkachinor k-si, 4-uy, 54-xonadon
h/r 20216000905144862001 ATB «Kapitalbank» Amaliyot boshqarmasi
STIR 306870963 MFO:00974 Tel.+998 99 6402828
Otakulov A.O. ___________

Qarz oluvchi:
«Property:Client.Name»
Pasport: «Series» «Number»
Berilgan: «RegistrationPlace» «RegistrationDate»
Manzil: «Region» «District» «Address»
Tel: «Property:Client.Tel1» «Property:Client.Tel2»
Tariflar bilan tanishdim va roziman _________________


TILXAT

Men ____________________________________________________________________ shartnomada ko'rsatilgan muddatlarda mikroqarzni to'lashni o'z zimnamga olaman. Agar men mikroqarzning asosiy summasini, shuningdek mikroqarzdan foydalanganlik uchun foizlarni to'lamasam, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 171-174-moddalariga muvofiq hujjatlarim O'zbekiston Respublikasi sudlariga topshirilishiga va ushbu sud muhokamasi mening ishtirokimsiz ko'rib chiqilishiga qarshi emasman.

«KREDITOMAT TASHKENT MIKROMOLIYA TASHKILOTI» XK mikrokredit tashkilotiga va vakolatli sudlar sudyalariga nisbatan e'tirozlarim yo'q.

___________________________________________ Jismoniy shaxsning imzosi (F.I.SH. imzo, sana)